Gazeta.uz va Zira.uz pazandachilik sahifasi oxirgi bir necha oy davomida Toshkent savdo shaxobchalarida sotuvga chiqqan yangi mahsulotlar haqida gapirib o‘tadi.
Sof Sut yogurtlari
Toshkent savdo markazlarida yaqinda yangi mahsulotlar — Sof Sut yogurtlari savdoga qo‘yildi. Yogurt mazali va xushbo‘y bo‘lib, uni nonushtada ichish, bolalarga maktabga olib borishlariga berish mumkin. Tarkibi normallashtirilgan sut, achitqi, shakar, mevali to‘ldirgichlardan tashkil topgan.
Granum unlari
Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan bu unning bir necha xili taqdim etilgan. Унларнинг 3 xili sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, ular universal un, issiq taomlarga va quymoqlarga mo‘ljallangan unlardir. Ularning sifati va ta’mi ko‘pchilikka manzur keldi.
«Vkusnыy dar» shirin pastasi
O‘zimizda ishlab chiqarilgan «Vkusnыy dar» пасталарининг ikki xili sotuvga qo‘yilgan: xolva va shokoladli. Pasta plastik idishchalarda qadoqlangan bo‘lib, rangsiz qopqoq bilan yopilgan. Mahsulot hajmi 200 grammni tashkil qiladi. Pastalarning ta’mi yaxshi, iste’mol qilgandan so‘ng og‘izda yog‘li maza qoldirmaydi.
Merba pechenesi
Gollandiyada ishlab chiqarilgan Merba печенеси qarsildoq, xushbo‘y va mazali shirinlik bo‘lib, uning tarkibi faqatgina tabiiy mahsulotlardan tashkil topgan. Shokoladli tomchilardan solib pishirilgan pechenelarning ta’mi juda mazali, shokolad miqdori ham juda ko‘p.
Pupo konfetlari
Peshtaxtalarda noodatiy, tabiiy, shakar kukuniga bulg‘angan apelsin va shokoladga burkangan olxo‘rili bu shirinliklar o‘z vazniga e’tibor beruvchi insonlarni xursand qiladi. Ширинликнинг ko‘rinishi ishtahaochar bo‘lgani uchun ularni bemalol bayramona dasturxoningizga qo‘yishingiz mumkin.
Granum kespesi
Kespe — bu uyda tayyorlanadigan qozoqcha lag‘mondir. Bizga ancha tanish bo‘lib qolgan Granum brendidan aynan shunday lag‘mon sotuvga qo‘yilganiga ko‘zimiz tushdi. Kespe — oliy navli bug‘doy unidan tayyorlangan bo‘lib, bunda bug‘doyning og‘ir navlaridan foydalanilgan. Pishirilgan lag‘mon ertasi kuni bo‘tqaga aylanib qolmaydi.
KitKat Senses
KitKat, bu — qarsildoq vafli va mazali shokoladdan tashkil topgan mazali shirinlik. Endilikda Nestle bu shokoladларнинг bizga noodatiy ta’mlilaridan taqdim etdi. Bular karamelli, kokosli va ikki xil shokoladlidir. Ta’mi shirin, har biri o‘ziga xos ta’mda mazali.
Bundan-da ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz
Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15