Joriy yilning 9 oyi davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Fondiga 251,1 mlrd so‘m kelib tushgan. Shundan 15 mlrd so‘m investitsiya hissasiga to‘g‘ri keladi, deyiladikruz.uz saytining O‘zbekiston Moliya vazirligi axborotiga tayanib bergan xabarida.

Shuningdek, 236,1 mlrd so‘m «Rekonstruksiya va taraqqiyot» fondi mablag‘lari hisoblanadi.

Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Dasturi bo‘yicha Orol hududidagi 410 ta ob’ektlar qayta rekonstruksiya qilinadi.

Ajratilgan mablag‘larning 28 mlrd so‘mi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga, 40 mlrd so‘mi jamoat joylarini ta’mirlashga va 14 mlrd so‘m esa aholi yashash punktlari infrastukturasini yaxshilashga sarflanadi.

2018 yil yakuniga ko‘ra, Fond daromadi 323,5 mlrd so‘mni, xarajat esa 256,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish fondi 2017 yili tashkil etilgan. Fond Orolbo‘yi aholisining turmush darajasini yaxshilash va hududni rivojlantirish maqsadida tuzilgan.