Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida 11 oktyabr kuni Buxoro tumanida yashovchi S.B. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobusini salonida jami 28 nafar yo‘lovchilari bilan «Jizzax-Do‘stlik-Gagarin» yo‘lining 23-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda qolgan 16 nafar yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.