Xonanda Aziza Niyozmetova 46 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar qildi.
U bir necha oylar davomida saraton kasalligi bilan kurash olib borayotgan edi.
Madaniyat vazirligi xonandaning vafot etganligi munosabati bilan oila-a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.