18:25 da O‘zbekistonning bir qator hududlarida Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Toshkentdan 355 km janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, magnituda 5,1 ni tashkil etdi, chuqurligi — 31 km.
O‘zbekiston poytaxtida yer osti silkinishlari kuchi 2 balni tashkil etdi. Farg‘ona vodiysi, Guliston, Jizzax, Samarqand va Termizda ham shuncha kuchdagi zilzila qayd etildi.