Samarqand shahrida 26 nafar fuqaro xot-dogdan zaharlanish oqibatida kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib ma’lum qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, murojaat qilganlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ayni paytda bemorlarga kerakli muolajalar qilinmoqda.

Bemorlarning ba’zilari ahvoli nisbatan og‘ir ekani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlar shaharning Sartepo massivida joylashgan Turizm kolleji yaqinidagi fast-fud taomlar tayyorlaydigan tamaddixonasida xot-dog iste’mol qilgan bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli organlar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.