Toshkent shahar hududiy gaz ta’minot filiali 7-sonli Yunusobod tumalararo gaz ta’minoti xodimi I. R. firibgarlikda gumonlanib, qo‘lga olindi, deya xabar qildi O‘zA.

Uning noqoquniy harakatlari yuzasidan fuqaro L. A. Majburiy ijro byuroning Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaat bo‘yicha tekshirishda, I. R. ning L. A. ning xonadonini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish va tegishli tashkilotlardan hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan kelishuvga ko‘ra, 1 mln so‘m va 300 AQSH dollari miqdoridagi naqd pul mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Holat bo‘yicha I. R. ga nisbatan O‘zbeksiton Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.