Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) yil yakunlariga ko‘ra Osiyoda birinchi, O‘zbekiston tarixida esa ilk marotaba velosiped sporti bo‘yicha professional ayollar terma jamoasi 680 ochko bilan velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingida 20-pog‘onada turganligini ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkichda velosiped sporti bo‘yicha ayollar milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskayaning hissasi katta. Joriy yilning 14 oktyabr kuni Fransiyada shosse bo‘yicha professional velosportchilar o‘rtasida «Chrono des Nations» xalqaro turnirida velosiped sporti bo‘yicha O‘zbekiston ayollar Milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya ham ishtirok etib, 26,5 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada barcha raqiblarini ortda qoldirib 35 daqiqa 54 soniya (o‘rtacha tezlik 45 km/soat) birinchi bo‘lib marraga yetib borib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, joriy yilning 28 oktyabr kuni «Milliy» stadionda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE) bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sport federatsiyasi raisi T.Narbayeva xududlarda velosiped sporti bo‘yicha xavaskor ayollar klublarini tashkil etish ayollarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, ularning xuquq va erkinliklarini ximoyalashga, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tib, kelajakda velosiped sporti bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoa a’zosi O.Zabelinskayaning ayollar terma jamoasini shakillantirish bo‘yicha mas’ul etib tayinlash, Yevropadagi professional ayollar klublari bilan hamkorlik o‘rnatgan xolda, xar bir xududdlarda velosiped sporti bo‘yicha ayollar klublari tashkil etib, mazkur klublarda O.Zabelinskaya ishtirokida mahorat darslari o‘tish rejalashtirilganligini ta’kidlab o‘tgandi.