O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Ijtimoiy moslashuv markazlari faoliyati boshlangandan buyon 3055 ta murojaatni qabul qilib oldi. Ularning 485 tasi oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollardan kelib tushdi, deya xabar qildi qo‘mita matbuot markazi «Gazeta.uz"ga.

Markazlar mutaxassislari ularga qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun zarur yordamlarni ko‘rsatdi.

Ayni vaqtda 130 dan ortiq markaz tashkil etilgan bo‘lib, ularda maishiy zo‘ravonlik qurbonlariga aylangan ayollarga psixologik, yuridik, ijtimoiy va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

1146 ishonch raqami tashkil etilganidan buyon 7000 ga yaqin qo‘ng‘iroq qabul qilindi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi kim zo‘ravonlikka to‘qnash kelgan bo‘lsa yoki shunday holatlarga guvoh bo‘lsa, yordam yoki maslahat olish uchun 1146 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini eslatib o‘tdi.