12−15 noyabr kunlari O‘zbekiston hududida G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyaning Yevropa qismi markaziy hududlarida shakllangan sovuq va o‘ta nam havo massalari kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

12 noyabr kuni kechasi va 13 noyabr tunida respublika bo‘ylab bir oz yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, qorga aylanish ehtimoli bor) kuzatilishi mumkin. Shamol tezligi 18−23 m/s, ayrim joylarda 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

13−15 noyabr kunlari respublika bo‘ylab havo harorati kechasi 2−7 darajagacha sovuq, kunduzlari 0−5 daraja iliq, shimoliy hududlarda kechasi 8−13 darajagacha sovuq, kunduzlari — 2−7 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotlari (12 noyabr 20:00 dan 13 noyabr 20:00 gacha)

Toshkent

Havo o‘zgarib turadi, kechasi bir oz yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, kunduzi yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −6…−4, kunduzi +2…+4 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −13…−8, kunduzi −7…−2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −7…−2, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, kechasi ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 18−23 m/s gacha kuchayib, 25−28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi −7…−2, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −5…−0, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, kechasi ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 18−23 m/s gacha kuchayib, 25−28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Mamlakatning tog‘li hududlarida

Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirib, 7−12 m/s tezlikda esishi mumkin, ayrim joylarda 18−23 m/s ga yetib, 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi −8…−3 daraja atrofida bo‘ladi.

To‘rt-olti kunlik ob-havo ma’lumotlari