12 noyabr kuni Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Internetni boshqarish bo‘yicha forum o‘tkazilishi munosabati bilan kibermakonda ishonch va xavfsizlikka Parij chaqirig‘i bo‘yicha nutq so‘zladi. Kibermakonda xavfsizlikni ta’minlashning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishga chaqiruvchi deklaratsiya O‘zbekiston tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deya xabar qildi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Ҳужжатдақайд etilishicha, kibermaydon, bu — nafaqat imkoniyatlar, balki yangi tahdidlar makoni hamdir. Kiberjinoyatchilik va yovuz maqsadli harakatlarning rivojlanishi ham xususiy ahamiyatga molik ma’lumotlar, ham infratuzilma ob’ektlari xavfsizligiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
«Onlayn makonlarda fuqarolar huquqlariga rioya etilishini ta’minlash va ularni himoya qilish uchun davlatlar birgalikda harakat qilishi hamda xususiy sektordan, tadqiqotchilar doiralari va fuqarolik jamiyatidan ham hamkorlarni jalb qilishi lozim», — deyiladi hujjatda.
Parij chaqiruvini 51 davlat qo‘llab-quvvatlamoqda.