Metroga tashqi kirishdagi nazorat bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, deya xabar qildi Toshkent metropoliteni ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Oleg Bichenov «Gazeta.uz"ga.

"Hozirda sinov tariqasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rniga texnik himoya vositalari — kuzatuv kameralari, radioaloqa vositalari va signalizatsiyadan foydalanamiz", — dedi u.

Ayni paytda «O‘zbekiston», «Milliy bog‘» va «Mashinasozlar» stansiyalarida test rejimida texnikalar ishlamoqda.

«Texnik vositalar va aloqa vositalari yetarlicha bo‘lganida tashqi va ichki tekshiruv takrorlanmasligi uchun tashqi nazorat to‘liq texnik himoya vositalariga o‘tkaziladi», — dedi boshqarma boshlig‘i.

Oleg Bichenovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy nazorat quyi darajada olib boriladi va vaqt o‘tgan sari texnik vositalar kuchaytiriladi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining texnik vositalarga to‘liq almashtirishning aniq muddatlari noma’lum. Toshkent metropolitenida ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining ta’kidlashicha, mazkur jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.