Milliy olimpiya qo‘mitasi Yaponiyadagi Olimpiadaga litsenziya qo‘lga kiritgan har bir sportchi uchun mukofot puli 100 million so‘m etib belgilanganini ma’lum qildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan tennischi Denis Istomin sportchilar ichida birinchi bo‘lib Tokio Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Tokio olimpiadasida medallar soni va sifati bo‘yicha ham avvalgi natijalarni yaxshilashni niyat qilgan. Shunday ekan, litsenziyalar soni ham avvalgilarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi lozim. Bunday rag‘bat esa sportchilarga yangi ishtiyoq taqdim etishi, ularni yangi-yangi marralar sari chorlashi shubhasizdir.
2020 yilda Tokio mezbonlik qiladigan olimpiya o‘yinlaridagi zafarli ishtirok etsa tashkilot oldidagi eng asosiy vazifa hisoblanadi.