Toshkent IIBB bir qator ko‘chalar vaqtinchayopilishi haqida ogohlantirdi.
27 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi DAKTda PROlogue Xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalar 17:00 dan 20:00 gacha avtotransport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi:
- Islom Karimov — Sharof Rashidov ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha;
- Buyuk Turon — Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Zarafshon — Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Buxoro — Zarafshon ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha.