Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanali.
Oktyabrda u prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari - O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi lavozimidan ozod qilingan edi.
Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida prezident matbuot kotibi va davlat rahbari ijro apparati rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Komil Allamjonov (1984 y. t.) — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2006) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi.
2002−2004 yillarda O‘zbekiston FVV axborot xizmati bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan. 2004−2005 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati bosh mutaxassisi, 2005−2009 yillarda DSQ axborot xizmati rahbari v. b. — DSQ raisi matbuot kotibi bo‘lgan.
Komil Allamjonov Avtotest innovatsion avtomaktabi va boshqa loyihalar, jumladan «Soliq info» gazetasi, buxgalterlik faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha BEM dasturiy mahsuloti va boshqalar asoschisi sifatida tanilgan.