«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qildi.

Bayram chegirmalari:

  • Individual (bir kishi) yo‘lovchilarga — 30%;
  • Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli o‘quv muassasalari tinglovchilari, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab, kollejlar, litseylar o‘quvchilari va universitetlarning talabalari uchun — 40%;
  • Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri, rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) — 50%;
  • Pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga — 50%;
  • 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, Front ortidagi fidokorona mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun — 50%;
  • Chernobil AESi falokati oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar — 50%.

Chegirmali aviachiptalarni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK aviachiptalar sotish markaziy idorasi hamda O‘zbekiston aeroportlari kassalarida chegirma olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda sotib olish mumkin.