Rishton (Farg‘ona viloyati) va Ismoilli (Ozarbayjonning Ismoilli tumani) «Birodar shahar» to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Marosim Rishton tumani hokimiyatida bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi tuman ma’muriyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.Memorandumga Rishton tumani hokimi o‘rinbosari Abdusalom Siddirov, Ismoilli ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Ravshan Agayev hamda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev imzo chekdi.

Ozarbayjon delegatsiyasining rasmiy tashrifi doirasida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar «Adras» festivali, «Xalqaro kulollar va kulolchilik mahsulotlari» festivali hamda kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan «Xalqaro hunarmadlar festivali"da Ozarbayjon hunarmandlari va sayyohlari tashriflarini tashkil etish, Ismoilli va Rishtonlik sarmoyadorlarning qo‘shma faoliyatini boshlash, ta’lim va san’at sohalarida hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan masalalar muhokama etildi.