9−12 dekabr kunlari Toshkent shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Assambleyaning kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala tashkilot nizomiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘tkaziladigan saylovdir. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu Osiyo ot sporti federatsiyasi uchun tarixiy yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda. Chunki, so‘nggi 20 yil ichida tashkilotning hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Yangilangan Nizomda ot sportining bugungi zamon talablariga mos maqsadi, muayyan vazifalari o‘z aksini topadi.

Bosh Assambleyaning kun tartibida shuningdek konkur bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi IV Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi ham ko‘riladi.