Shu yilning 12 dekabrga o‘tar kechasi Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida yashovchi I.U. va uning turmush o‘rtog‘i uy bekasi M.U. (ismli ayol) hamda go‘dak farzandi, uyida isitish pechidagi tabiiy gazning chala yonishi oqibatida zaharlanib, kasalxonaga yotqizilganlar.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay M.U. shu yerda vafot etgan.