«O‘zbekiston yili"ning yopilish marosimini o‘tkazish uchun Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev boshchiligidagi O‘zbekiston madaniyati va san’atining 70 nafar vakillaridan iborat delegatsiya Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Qozog‘istonda «O‘zbekiston yili"ning tantanali yopilish marosimi 12 dekabr kuni «Qozog‘iston» markaziy konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullev hamda Qozog‘iston Madaniyat vaziri Aristanbek Muhamediuli so‘zga chiqib, joriy yilda amalga oshirilgan madaniy hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar, ularning natijasi va kelgusida hamkorliklar xususida to‘xtalishdi.

Shuningdek, konsert zali foyesida amaliy san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi. Konsert dasturida O‘zbekistondan borgan bir qator san’atkorlar chiqish qildi.