Samarqand shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bugun bahslarning final janglari o‘tkazildi. Bu haqda olympic.uz xabar berdi.
Mazkur musobaqada terma jamoaning birinchi raqamli bokschilari ham ishtirok etdi.
8 vazn toifasida tashkil etilgan chempionat yakunlariga quyidagi sportchilar O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi:
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov (Andijon);
-57 kg: Abdulhay Shorahmatov (Toshkent);
-63 kg: Alyor Noraliyev (Toshkent viloyati);
-69 kg: Bobousmon Baturov (Jizzax);
-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand);
-81 kg: Xurshid Abdullayev (Samarqand);
-91 kg: Madiyar Saidrahimov (Toshkent viloyati);
+91 kg: Ulug‘bek Mubinov (Buxoro).