O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriy hibsga olindi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga. Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

General-mayor Muidjon Tohiriy 2016 yil dekabridan 2018 yil fevraliga qadar DBQ rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2006−2008 va 2011−2016 yillarda Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX), raisi o‘rinbosari, 2013 yildan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan.