O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ta’kidlash joiz, mazkur hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 7 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma’qullangan.
Unga ko‘ra:
1-modda. 26 yanvar O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.