Toshkentda yangi yil sayillari boshlanishi munosabati bilan 14 dekabrdan 10 yanvargacha bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi, deya xabar qildi poytaxt IIBB va hokimiyat.
Harakat uchun yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati
- Buyuk Turon — A. Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Zarafshon — A. Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Matbuotchilar -Sh. Rashidov ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
- Buxoro — Buyuk Turon ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha;
- Istiqlol — Buyuk Turon ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha;
- Mustaqillik — Zarafshon ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
- Sebzor — A. Navoiy ko‘chasidan Sirkkacha;
- So‘galli ota — Zargarlik ko‘chasidan Dilband ko‘chasigacha.
Zarurat tug‘ilganida quyidagi joylarda ham transport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin:
- Compass SM (Qo‘yliq);
- «Xalqlar do‘stligi» saroyi;
- Next SM;
- Bektemir tuman Madaniyat va dam olish saroyi;
- Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi;
- Mirzo Ulug‘bek Markaziy parki;
- Green park (Sergeli tumani);
- Ekopark;
- Hayvonot bog‘i;
- «Ashxobod» parki.