Toshkent metropoliteni Yangi yil bayrami kechasi 1:00 ga qadar ishlaydi, deya xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi.

31-dekabr 22:00 dan 1-yanvar 1:00 ga qadar poyezdlar quyidagi vaqt oralig‘ida qatnaydi:

Chilonzor yo‘nalishi bo‘ylab — 4 daqiqa,

O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab — 5 daqiqa,

Yunusobod yo‘nalishi bo‘ylab — 6 daqiqa.

Eslatib o‘tamiz, 31-dekabr kuni poytaxt avtobuslari harakati jadvali ham bir soatga uzaytirilgan (harakatlanish vaqtining tugashi har bir yo‘nalish jadvaliga bog‘liq).