Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev o‘zining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston 2019 yilda 34 ta nufuzli sport musobaqasi mezbonlik qilishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi 2019 yilda o‘zbekistonlik sportchilarning 2 ta kompleks musobaqalarda, 128 ta jahon chempionatlarida, 96 ta Osiyo chempionatlarida va 700 dan ortiq xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, kelgusi 2019 yilda mamlakatimiz 34 ta nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.
Jumladan:
tennis bo‘yicha «Devis Kubogi» jahon chempionati saralash bosqichi (fevral);
badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi (mart-avgust);
velosiped sporti (velo shosse yo‘nalishi) bo‘yicha Osiyo chempionati (aprel);
dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi (aprel);
kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati (aprel);
taekvon-do VTF bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati
(may-avgust);
karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionati (iyul);
uloq-ko‘pkari bo‘yicha jahon chempionati (avgust-sentyabr);
baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo kubogi
(sentyabr-oktyabr);
ot sporti bo‘yicha jahon kubogi (sentyabr-oktyabr);
qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichi (oktyabr);
sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati (oktyabr) va boshqa shu kabi nufuzli xalqaro musobaqalar yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.