1 fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati 76 taga kengaytiriladi. Bu Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan.
O‘tgan yilning 15 iyulida 30 kun muddatga elektron turistik vizalarni rasmiylashtirish tizimi (e-visa.gov.uz) ishga tushirilgan edi. Hozirda undan 51 mamlakat fuqarolari foydalana oladi.
15 martdan konsullik yig‘imi 35 va 50 dollar bo‘lgan 30 kunlik amal qilish muddati bo‘lgan elektron kirish vizasining ikki martalik va ko‘p martalik turlari joriy etiladi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston 1 fevraldan 45 mamlakat (bunday mamlakatlar soni 64 taga yetadi) fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etmoqda.
Fuqarolari 1 fevraldan elekron viza olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati
- Antigua va Barbuda
- Barbados
- Beliz
- Venesuela
- Urugvay
- Gabon
- Jazoir
- Misr
- Qatar
- Kuveyt
- Grenada
- Shri-Lanka
- Dominikan Respublikasi
- Iordaniya
- Xitoy
- Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi
- Gayana
- Bahrayn
- Butan
- Kamboja
- Marokash
- Saudiya Arabistoni
- Tailand
- Tonga
- Laos
- Livan
- Maldiv
- Meksika
- Boliviya
- Bangladesh
- Samoa
- Birlashgan Arab Amirliklari
- Albaniya
- Angola
- Vanuatu
- Gana
- Gvatemala
- Gonduras
- Hindiston
- Kabo-Verde
- Kamerun
- Kiribati
- Kolumbiya
- Kosta-Rika
- Kot-d'Ivuar
- Kuba
- Mavrikiy
- Makedoniya
- Marshallov Orollari
- Nauru
- Nikaragua
- Palau
- Panama
- Paragvay
- Peru
- Seyshel Orollari
- Senegal
- Surinam
- Trinidad va Tobago
- Fiji
- Filippin
- Ekvador
- El-Salvador
- Sent-Vinsent va Grenadina
- Sent-Lyusiya
- Solomon Orollari
- Bagam Orollari
- Dominika Hamdo‘stligi
- Amerika Qo‘shma Shtatlari
- Vetnam
- Ummon
- Tunis
- Nepal
- Mikroneziya Federativ Shtatlari
- Sent-Kits va Nevis
- Yamayka
Zarurat tug‘ilgan taqdirda O‘zbekiston TIV ayrim mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga elektron viza olishga cheklovlar o‘rnatish huquqiga ega.