Vazirlar Mahkamasining «Termiz» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Qarorga muvofiq:
«Termiz» erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar chegaralari belgilandi;
«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining tashkiliy-huquqiy tuzilmasi ta’sis etildi.
Shuningdek, qaror bilan direksiyaning asosiy ta’sischisi etib «Surkhan Global Trade» MCHJ belgilandi.
Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat «Termiz» EIZ hududida faol investitsiya siyosatini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.