O‘zbekiston prezidentining 28 yanvardagi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. Avval xabar qilganimizdek, Sardor Umurzoqov investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bo‘ldi.

Sunatulla Xusanovich Bekenov O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Foto: invest.gov.uz

Laziz Shavkatovich Kudratov O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Foto: «Gazeta.uz».

Shuhrat Abdusharifovich Vafayev O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Shuhrat Vafayevga O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajarish ham yuklatilgan.

Foto: invest.gov.uz

Badriddin Nurutdinovich Abidov O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Foto: mft.uz.