Prezidentning «Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:
«Siyosatshunoslik» bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta (5 ta grant);
«Amaliy siyosatshunoslik» magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta (2 ta grant);
«Siyosiy fanlar» tayanch doktorantura yo‘nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.
Qarorga muvofiq universitetda «Siyosatshunoslik» kafedrasi tuzildi.
Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.