2 fevraldan boshlab №762/761 «Toshkent-Buxoro-Toshkent» Afrosiyob tezyurar poyezdi Jizzax vokzalida 2 daqiqa to‘xtab o‘tishni boshladi.Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Poyezd harakat jadvaliga o‘zgartish kiritishdan so‘zlangan maqsad turizmni rivojlantirish, sayyoh va investorlarga keng qulayliklar yaratish, shuningdek ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdan iboratdir.
Eslatib o‘tamiz, 1 martdan Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanadi. Viloyatda investitsion muhit va aholi hayotini yaxshilash, sanoatning yangi sohalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Jadval
№762 «Toshkent-Buxoro
7:28 — «Toshkent» markaziy vokzalidan jo‘nash
8:54 — Jizzaxga yetib kelish
8:56 — Jizzaxdan jo‘nash
9:42 — Samarqandga yetib kelish
9:50 — Samarqanddan jo‘nash
10:40 — Navoiyga yetib kelish
10:42 — Navoiydan jo‘nash
11:19 — Buxoroga yetib keli
№761 «Buxoro-Toshkent»
15:50 — Buxorodan jo‘nash
16:27 — Navoiyga yetib kelish
16:29 — Navoiydan jo‘nash
17:20 — Samarqandga yetib kelish
17:28 — Samarqanddan jo‘nash
18:14 — Jizzaxga yetib kelish
18:16 — Jizzaxdan jo‘nash
19:44 — Toshkentga yetib kelish