9−17 fevral kunlari kunlari Rossiya Federatsiyasining Yujno-Saxalinsk shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham qatnashadi. Bugun ana shu musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.
Ma’lumot uchun, musobaqada tog‘ chang‘isi, snoubord, biatlon, chang‘i poygalari, tramplindan sakrash, figurali uchish, short-trek va xokkey kabi sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil qilinadi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari esa uchta yo‘nalish — tog‘ chang‘isi, figurali uchish va snoubord bellashuvlarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoa o‘yinlarga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
Tog‘ chang‘isi:
Valeriya Kovalyova — sportchi
Medet Nazarov — sportchi
Akilbek Buxarbayev — sportchi
Andrey Voronov — katta murabbiy
Dmitriy Kovalev — murabbiy
Figurali uchish:
Niginabonu Jamoliddinova — sportchi
Azizmurod Shabazov — sportchi
Diana Rahmonqulova — sportchi
Ellita Avanesyan — katta murabbiy
Snoubord:
Valeriya Mayorova — sportchi
Aziz Saparbayev — sportchi
Ivan Merkushkin — sportchi
Yuliya Andreyeva — murabbiy
O‘zbekiston delegatsiyasiga MOQ Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinatsiya qilish departamenti direktori Akram Nizametdinovrahbarlik qiladi.