O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (NAPU) «Ilg‘or hudud» innovatsion rivojlanish dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Jizzax viloyatining brend-aydentika konsepsiyasini taqdim etdi.
Jizzax viloyatining yangi logotipi joyning universal qabul qilingan belgisiga aylangan, Jizzax hudud va shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalanuvchi ichida doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi hamda Jizzax viloyatining ichiga nazar solish imkonini beruvchi eshik joylashgan pin elementidan iborat.
Taqdim etilgan namuna yakuniy emas, konsepsiya bir necha oy davomida takomillashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 martdan Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» sinov loyihasini amalga oshirish ishlari boshlanadi. Dastur doirasida butun viloyatda yirik investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan islohotlar amalga oshiriladi. NAPU mazkur loyihani tayyorlash va amalga oshirishga mas’ul organ etib belgilangan.
Loyihaviy tasvirlar
Salohiyatli sarmoyadorlar uchun marketing kommunikatsiyasiga misol
San’at festivali afishasiga misol
Siti-format afishasiga misol
Shahar avtobus bekatini rasmiylashtirishga misol