Bugun Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqich doirasida pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda O‘zbekistonning ikki jamoasi guruh bahslarida ishtirok etish uchun kurash olib boradi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Shota Arveladze boshchiligidagi “Paxtakor” jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida “An Nasr” mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Toshkent viloyatining AGMK jamoasi esa Saudiya Arabistonida “An Nassr” bilan kuch sinashadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari ishtirokidagi uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Bugungi uchrashuvlarda g‘alaba qozongan jamoalar Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.