Hukumat qarori bilan Otabek Sodiqovich Mustafoyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, agentlikning asosiy vazifasi uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.