Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekistonga psixotrop dori vositalarini noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Sariosiyo» chegara bojxona postida fuqaro U.M. boshqaruvida bo‘lgan «MAN» rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ushbu shaxs «Baklosan» nomli 3500 dona psixotrop tabletkalarni noqonuniy olib o‘tishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.