Muzraf Muborakxodjayevich Ikromov Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.
Mazkur tayinlovga qadar (2017 yil avgustidan) u Hisob palatasiga rahbarlik qilgan, 2015−2017 yillarda adliya vaziri bo‘lgan.
Muzraf Ikromov (1973 y. t.) — Toshkent davlat yuridik universiteti (1995) hamda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2005) bitiruvchisi.
Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida bunga qadar Salohiddin Samadovich Nuriyev faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.