Buxoro viloyatining «Jo‘ybori Kalon» o‘rta maxsus islom bilim yurti kirish qismi, darvozaxonasi va peshtoqi XVII asr holatiga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bilim yurti darvozaxonasi bezaksiz holatda edi. Hozirda kirish qismi peshtoqining bezaklari koshin bilan parchinkoriy qilindi.

Ganchkor ustalar islomiy va geometrik naqshlar asosida guldastalar, oq, ko‘k, zangori rangli sirkor bezaklar bilan ishlov berishdi.