Jizzax viloyat hokimligining bosh binosi maydonida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot ximati xabar berdi.

Mazkur qurilish ishlari 3,3 gektar maydonda «Bogo Engineering» MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimligi maydonining markaziy qismiga 14X7 metr o‘lchamdagi ustuni 40 metr bo‘lgan bayroq, yer osti favvoralari, yoritish moslamalari bilan jihozlangan o‘rindiqlar hamda fosforli toshlar aks ettirilgan naqshli bezaklar bilan bezatiladi.

Matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, joriy yilning 30−31 yanvar kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi chog‘ida viloyat markazini zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.