Toshkenda 23 martdan isitish mavsumini yakuniga yetkazish bo‘yicha ishlar boshlanadi, deya xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati. Qaror issiq ob-havo kuzatilayotgani munosabati bilan qabul qilindi.

Isitish mavsumi 16 oktyabrda boshlangan edi. O‘tgan yili isitish mavsumini yakunlash ishlari 26 martdan boshlangan.