O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududlarda rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan,
- podpolkovnik Umarov Kamoliddin Bahriddinovich, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi direktori lavozimiga;
- mayor Abdullayev Shuhrat Rasuljonovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
- polkovnik Alikariyev Murodilla Saydullayevich, Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
- mayor Amanov Ismoil Isoqulovich, Jizzax viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga;
- podpolkovnik Xo‘jaxonov Avazbek Ergashevich, Namangan viloyati IIB Namangan shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
- polkovnik Dadajanov Muxammadjon Ibragimovich, Namangan viloyati IIB Mingbuloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- mayor Abduvaliyev Umarjon Hasanboyevich, Namangan viloyati IIB Norin tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- mayor Muhammadiyev Otabek Rustamovich, Samarqand viloyati IIB Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- mayor Ibragimov Bahodir Botirovich, Samarqand viloyati IIB Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.