2019 yil 29 mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumani Urganji qishlog‘ida yashovchi H.X., Uchquduq tumani Yo‘lchilar qo‘rg‘oni Dev mahallasida yashovchi akasi Z.X. bilan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Ko‘mir qishlog‘ida yashovchi opasi D.X.ning uyiga kelgan.

U yerda aka-ukalar voyaga yetmagan jiyani B.A.ni tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazganlar. Oqibatda bolaning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli uni boshqa xonaga olib chiqib, yotqizib qo‘yganlar.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa natijasida B.A. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aka-ukalar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.