«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2019 yil 16 iyuldan boshlab Toshkent — Tbilisi — Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlarini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qatnovlar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga asosan bajariladi (mahalliy vaqt):
Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 — Tbilisi 18:30
Seshanba: HY -746 Tbilisi 19:30 — Toshkent 23:50
Juma: HY -745 Toshkent 08:00 — Tbilisi 10:40
Juma: HY -746 Tbilisi 11:40 — Toshkent 16:00
Parvozlar zamonaviy Airbus-320 samolyotlarida amalga oshiriladi.