29 aprel kuni soat 10:00dan 19:00gacha Toshkentning Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari, ijtimoiy va maishiy-kommunal ob’ektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.
Mirobod tumanida:
- Sayxun ko‘chasida;
- 8 mart ko‘chasida;
- Vodil ko‘chasida;
Chilonzor tumanida:
- «Central Kardio Servis» MCHJda;
- Qozirobod ko‘chasida;
Yakkasaroy tumanida:
- «Navro‘z» restoranida;
- «ZIYODA-NON» MCHJda;
Yashnabod tumanida:
- To‘yona ko‘chasida;
- Boku ko‘chasida;
- Farg‘ona yo‘li ko‘chasida;
- Obod makon ko‘chasida;
- «Katta Qo‘yliq» mahallasida.
Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali aholidan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.