2019 yil 29 aprel kuni Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Qarorga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi.
Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi.
«Aloqabank» AJ, «Qizilqumsement» AJ, «Sosa-sola Ichimligi» qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.
«Road Show» dasturlari ishlab chiqiladi.
Xalqaro biznes arenada O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha «Invest in Uzbekistan» axborot kampaniyasi yaratiladi.
Shuningdek, 6 mlrd 131 mln dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.
2019 yilda O‘zbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi.