O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, iyun oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda Turkiya, KXDR va Suriya terma jamolariga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida milliy terma jamoa uchun ushbu sparring-raqiblar tanlandi.

Turkiyaga qarshi o‘yin2 iyun kuni o‘tkazilsa, KXDR shu oyning 7-sanasida, Suriya esa 11-sanasida O‘zbekiston poytaxtiga keladi.