Adliya vazirligi joriy yilning 10 maydan — 30 iyun kuniga qadar fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish bo‘yicha aksiya e’lon qiladi, deya xabar qildi Adliya vazirligining Telegram-kanali.
Xabarda fuqarolar uchun quyidagi savollar berilgan:
- Sizning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlaringiz buzilyaptimi?
- Turar joyingiz qonunga xilof ravishda buzildimi?
- Buzilgan imoratingiz uchun kompensatsiya to‘lanmayaptimi?
- Sizga taklif etilgan kompensatsiya turi sizni qoniqtirmayaptimi?
- Ko‘chmas mulkka nisbatan egalik huquqini ololmayapsizmi?
Adliya vazirligi fuqarolarni o‘z huquqlarini himoya qilishlari uchun quyidagi havola orqali murojaatlarini yuborishga chaqirdi.