2019 yil 10 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi A.A. Toshhovuz ko‘chasida Bog‘iatirgul ko‘chasida yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi O.M. bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlariga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazganlar.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa natijasida A.A. va O.M. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.