Yozuvchi Hobilov Tohir Abdumalikovich (taxallusi — Tohir Malik) 16 may kuni, 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi «Gazeta.uz"ga ma’lumot berdi. U Toshkentning Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin» qabristoniga dafn etiladi.
Tohir Malik 1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969).
Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972). «Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada krlgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashxur.
«Shaytanat» qissasi (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000) yozuvchining yirik asarlaridandir. Asar asosida ko‘p seriyali telefilm yaratilgan. Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.