18 may kuni 10:00 da Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida chiladigan ta’lim yarmarkasida Turkiyaning 30 ta universititeti vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi, deya xabar qildi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi «Gazeta.uz"ga.

OTMlar 14 davlatdan 162 ta universitetni birlashtirgan Kavkaz universitetlari uyushmasi (KUNİB) — xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan yarmarkaga taklif etildi.

Yarmarkaga tashrif buyuruvchi Turkiya universitetlari rektorlari O‘zbekiston OTMlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzolaydi.

Bundan tashqari, 20 may kuni 10:00 da Toshkentdagi Tashkent International mehmonxonasida YÖS (chet ellik talabalarni saralash) imtihonini tashkil etadi. Saralashdan o‘tgan nomzodlar Turkiyadagi 71 ta universitetdan birida ta’lim olishi mumkin.